Yashil tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash
jamg'armasi
150+
Loyihalar
500+
Ishtirokchilar
100+
Eko faollar
Tanlovlar
O'z g'oyangiz va loyihangiz uchun mos tanlovni tanlang va arizangizni yuboring.
G'oyalaringizga yo'l ochilsin!
Biz bilan birga ekologik kelajakni shakllantirishda ishtirok eting. Har bir tashabbuskor uchun real va ilhomlantiruvchi imkoniyatlar yaratamiz.
G'oyalarni amaliy loyihalarga yo'naltirish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan g'oyalarni bosqichma-bosqich amaliy loyihalarga aylantirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash
Yashil tashabbuslarni amalga oshirishda moliyaviy ko'maklashish, maslahat va tashkiliy jihatdan qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.
Jamoaviy hamkorlik
Ekologik yo'nalishda faol bo'lgan yoshlar, volontyorlar va tashabbuskorlar o'rtasida tajriba almashish va hamkorlik qilish uchun ochiq muhit shakllantiriladi.
Professional rivojlanish
Ekologiya sohasi bo'yicha bilim va ko'nikmalarni oshirish, tajribali mutaxassislar bilan ishlash va amaliy tajriba orttirish imkoniyatlari yaratiladi.
Barqaror kelajak
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali barqaror kelajak sari yo'naltirilgan tashabbuslar qo'llab-quvvatlanadi.
Tan olinishi va rag'batlantirish
Ekologik yo'nalishdagi eng yaxshi tashabbus va loyihalar belgilangan tartibda e'tirof etiladi hamda ularni amalga oshirishga ko'maklashiladi. Kuchli va asoslangan g'oyalar rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Yashil g'oyalarni kuchli ekotizimga aylantirish
Yoshlar ishtirokida ekologik tashabbuslarni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash orqali mamlakatda ekologik barqarorlikni mustahkamlashga intilamiz. Har bir tashabbus amaliy natija berishi va jamiyat uchun foydali bo'lishi ustuvor hisoblanadi.
Hamkorlar
Biz bilan hamkor tashkilotlar
Barqaror rivojlanish va yashil texnologiyalar yo'lida qo'llab-quvvatlayotgan tashkilotlar.
G'oyangiz bormi?
Uni amalga oshiring!
Ekologik loyihangiz yoki g'oyangiz uchun moliyaviy va texnik qo'llab-quvvatlash olish imkoniyatidan foydalaning.






