Yashil tashabbuslar stipendiyasi

Muddat: 05/03/2026
0 kun qoldi
Tanlov haqida

Ekologik ilmiy izlanishlarni amalga oshirish va ularga haq to'lash uchun moliyaviy yordam. Stipendiya ekologik muammolarni o'rganish, tadqiq qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish uchun mo'ljallangan.

Kim ishtirok etishi mumkin?
  • 30 yoshdan oshmagan magistratura (2-bosqich) talabalari
  • Tayanch doktorantura (yakuniy bosqich) izlanuvchilari
  • Mustaqil tadqiqotchilar
  • Stajyor-tadqiqotchilar
Talablar
  • Belgilangan muddatlarda tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirilishi
  • Yashiltashabbus.uz elektron platformasi orqali hujjatlarning to'liq va haqqoniy yuklanishi
  • Ekologiya va unga yaqin yo'nalishlarda ilmiy izlanish yoki amaliy loyiha mavjud bo'lishi
  • Ilmiy yoki amaliy loyiha bo'yicha asoslantirilgan tavsif va hujjatlar taqdim etilishi
  • Taqdim etilgan ma'lumotlar va hujjatlarning haqqoniyligi uchun shaxsiy javobgarlik
Baholash mezonlari
Taqdim etilgan hujjatlarning to'liqligi va rasmiylashtirish sifati10%
Nomzodning ilmiy yoki amaliy faoliyati va erishilgan natijalari25%
Loyiha yoki tadqiqot ishining dolzarbligi va ijtimoiy ahamiyati20%
Innovatsion yondashuv va ilmiy asoslanganlik darajasi20%
Loyihaning barqarorligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyati15%
Nomzodning ekologiya sohasidagi faolligi va shaxsiy tashabbuslari10%
Tanlov bosqichlari
Muhim sanalar va bosqichlar
1

1-bosqich: Hujjatlarni qabul qilish

20 Yanvar

2

2-bosqich: Hujjatlarni saralash

1 Mart

3

3-bosqich: Suhbat / loyiha himoyasi

1 Aprel

4

4-bosqich: G'oliblarni aniqlash va stipendiya to'lash

1 May

Ariza topshirish muddati tugadi

Ariza qabul qilish yakunlandi. Keyingi bosqichlar va yangi tanlovlar bo'yicha yangiliklarni saytdan kuzatib boring.

Ariza holatini tekshirish: yashiltashabbus.uz/profile

Botdan bildirishnoma olish: @yashiltashabbus_bot

Telegram kanalimiz: @yashiltashabbus — ariza bosqichlaridan xabardor bo'ling. Tanlovda omad!

Ariza topshirish tugadi