San'atbek Muzaffarov
- Postlar
- 1 Postlar
- Maqolalar
- 0 Maqolalar
- Videolar
- 0 Videolar
- Loyihalar
- 0 Loyihalar
2023 yildan Oʻzbekiston Milliy Universitetida Tayanch doktorantura (PhD) 22.00.02 — Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi ixtisosligida oʻqishni davom ettirmoqda. 2016 yildan buyon oʻzi tashkil etgan “Oltin qanot” tashkilotiga asos soldi, rahbari lavozimida ish faoliyatini boshlagan va hozirgi kungacha Respublikaning barcha hududlarida 9 mingdan ortiq volontyor yoshlarni birlashtirib kelmoqda. 2020-2021 yillarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ilmiy ekspertiza boʻlimi yetakchi mutaxassisi va kotib referent boʻlib ishlagan. 2020 yil 24 sentyabrda Yosh Volontyorlar Akademiyasi nodavlat taʼlim muassasasiga asos soldi va hozirgi kungacha boshqarib kelmoqda. Loyiha doirasida Motivatorlar maktabi, Volontyorlar modeli, Volontyorlik boʻyicha bepul kurslar tashkil etgan va www.ezgu.uz volontyorlar portaliga ham asos soldi. 2025 yildan “Ixlos” nogiron talabalar uyushmasi raisi.

