Eko-maktab o‘quvchilari yashil tashabbuslar tanlovida g‘olib bo‘ldi
Yoshlarning yashil tashabbusini qo‘llab-quvvatlash tanlovida birinchilardan bo‘lib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eko-maktab o‘quvchilarini samimiy qutlaymiz.

Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘quvchisi Benazir Abdulakimova o‘zining yomg‘ir suvini yig‘ish va avtomatik tarzda tomchilatib sug‘orish bo‘yicha “Aqlli soyabon” eko-startapini amalga oshirmoqda.
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Nafisa Dilmurodova esa harorat, namlik va tuproq sho‘rlanishi sensorlari yordamida undirilgan urug‘larni bor-yo‘g‘i 48 soat ichida ko‘chat darajasiga yetkazish imkonini beruvchi AgroTech loyihasini ishonch bilan himoya qildi.
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Nastarin Kultoyeva va Nozima Abdurasulova energiya va suv tanqisligi muammosini ekologik toza usulda hal etishni taklif qildi.
Biz ular bilan faxrlanamiz va g‘oyalarining muvaffaqiyatli amalga oshishini tilab qolamiz!

