Tadbirlar1 daqiqa o'qish63 marta ko'rilgan
“Yashil kelajak” oromgohining rasmiy ochilishi bo‘ldi
“Yashil kelajak” oromgohining ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda o‘tkazildi. Unda oromgoh ishtirokchilari, tashkilotchilar hamda mehmon spikerlar ishtirok etdi.

Marosim davomida mehmon spikerlar ishtirokchilarni “Yashil kelajak” oromgohining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, ularga muvaffaqiyat, yangi bilim va foydali tajribalar tilashdi.
Shuningdek, tadbirda ekologik madaniyatni rivojlantirish, atrof-muhitni asrash, yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning ekologik loyihalardagi faolligini oshirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

