Tanlov1 daqiqa o'qish43 marta ko'rilgan
“Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovi: saralash bosqichi yakunlandi!
Yashil tashabbuslar jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanloviga jami 399 ta ariza kelib tushdi.

Loyihalar ikki bosqichda saralandi:
Birinchi saralash bosqichida 193 ta loyiha qoniqarli deb topilib, yakuniy bosqichga yo‘l oldi;
Yakuniy bosqichda ishtirokchilar o‘z loyihalarini Zoom platformasi orqali ekspertlar hay’atiga taqdim etdilar.
G‘olib deb topilgan loyihalar alohida e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga faolligi va ekologik tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

