Natijalar1 daqiqa o'qish28 marta ko'rilgan

Jizzaxda “Yashil innovatsiyalar” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi

Jizzax viloyatida “Yashil innovatsiyalar” tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida yosh ixtirochilar va tashabbuskorlar o‘zlarining ekologik yo‘nalishdagi innovatsion g‘oyalari hamda texnologik ishlanmalarini taqdim etdilar. Yakunda eng munosib loyihalar saralab olinib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

19–30 yosh toifasida g‘olib bo‘lgan loyihalar:

  • Organic Power Crop

  • Argometr

  • Ishlab chiqarish korxonalarida chiqayotgan changli havoni tozalash texnologiyasini yaratish

  • GrowTek — “O‘sishni rivojlantiruvchi texnologiya”

14–18 yosh toifasida g‘olib bo‘lgan loyiha:

  • Mini piyoz ekish traktori

Mazkur loyihalar ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion yondashuvlari bilan ajralib turdi.

G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz hamda respublika bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Rasmlar

Muallif: Gulirano

Ulashish: