Natijalar1 daqiqa o'qish29 marta ko'rilgan

Navoiyda “Yashil innovatsiyalar” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi

Navoiy shahridagi Yoshlar texnoparkida “Yashil innovatsiyalar” tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida yosh ixtirochilar va tashabbuskorlar o‘zlarining ekologik yo‘nalishdagi innovatsion g‘oyalari hamda texnologik ishlanmalarini taqdim etdilar.

Jumladan, yosh ixtirochi Komiljonov Kamol o‘zining “Eco Reward Machine” loyihasini hakamlar hay’atiga taqdim etdi. Ushbu loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash madaniyatini shakllantirish hamda ekologik ongni oshirishga qaratilgan.

Xudoyberdiyev Sardor esa “Airvolt” nomli loyihasi bilan qatnashdi. Loyiha magistral yo‘llarda harakatlanayotgan avtomobillar oqimi natijasida hosil bo‘ladigan shamol energiyasidan foydalanib, elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yakunda eng munosib loyihalar saralab olinib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mazkur loyihalar ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion yondashuvlari bilan ajralib turdi.

G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz hamda respublika bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Rasmlar

Muallif: Gulirano

Ulashish: