Tadbirlar1 daqiqa o'qish27 marta ko'rilgan
Samarqandda “Yashil innovatsiyalar” tanlovi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyatida ekologik muammolarga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan “Yashil innovatsiyalar” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya va ekologik texnologiyalar bo‘yicha o‘z loyihalari va g‘oyalarini taqdim etdilar. Eng yaxshi ishlanmalar ekspertlar tomonidan baholanib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Tanlov yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

