Tadbirlar1 daqiqa o'qish62 marta ko'rilgan

Xivada yoshlarning tashabbuslari qo’llab-quvvatlanmoqda

“Turkiy dunyo yoshlar poytaxti – 2026” loyihasi doirasida Xiva shahrida Yosh tadbirkorlar va Yosh yetakchilar forumlari tashkil etildi.

Ikki kunlik dastur davomida yoshlar tadbirkorligi, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, ekologik ta’lim va zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar hamda tematik sessiyalar o‘tkazildi.
Shuningdek, Yashil tashabbuslar jamg’armasi faoliyati ham taqdim etildi.

Forumlar doirasida ikkita muhim hujjat loyihasi muhokama qilindi:
Turkiy dunyo yoshlari o‘rtasida ekologik savodxonlikni oshirish bo‘yicha qo‘shma dastur;
Yoshlar orasida ekstremistik va radikal mafkuraning tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi.

Mazkur tashabbuslar yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda turkiy dunyo yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Rasmlar

Muallif: Gulirano

Ulashish: