Yoshlar ishlari agentligida Green University talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi
Yoshlar ishlari agentligida Yashil tashabbuslar jamg‘armasi tomonidan Green University talabalari uchun tanishtiruv uchrashuvi o‘tkazildi.

Tashrif davomida talabalarga agentlik tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv jarayonida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslari va volontyorlik faoliyatiga oid fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, talabalar agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan qator dastur va loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ekologik tashabbuslarni keng targ‘ib qilish hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

