“Yoshlar tashabbuslari” marafoni: butun O‘zbekiston bo‘ylab 30 kun
“Yoshlar tashabbuslari” marafoni — hududdan-hududga, shahardan-qishloqqa, orzudan-natijaga! Bu 30 kun ichida nimalar sodir bo‘ldi? Keling, birga ko‘rib chiqamiz.

Hududlardagi yoshlarning ekologik tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashdik;
Yangi g‘oyalar, yangi loyihalar, yangi qahramonlar paydo bo‘ldi;
Yashil kelajak uchun kurashayotgan yoshlar bir-biri bilan tanishdi va tajriba almashdi.
Marafonning dastlabki manzili qadimiy va navqiron Xiva shahri bo‘ldi: marafon doirasidagi 30 ga yaqin zamonaviy loyihalar va kechki gala-konsertda 60 mingdan ortiq yoshlar hamda vohadoshlarimiz qatnashdi.
Buxoroda marafonda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining ekologik tashabbuslari, atrof-muhitni asrashga qaratilgan g‘oyalari va loyihalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Marafon doirasida Yashil tashabbuslar jamg‘armasi tomonidan yoshlar uchun ekologik viktorina ham tashkil etildi: ishtirokchilar ekologiya, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish mavzularida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Barcha ishtirokchilarga faolligi va tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

