Natijalar1 daqiqa o'qish64 marta ko'rilgan

Yoshlarning ekologik loyihalariga 1 milliard 140 million so‘m grant ajratildi

7-avgust kuni Toshkent shahrida “Yashil innovatsiyalar” tanlovining respublika bosqichi doirasida yoshlarning ekologik loyihalari taqdim etildi. Final bosqichiga yo‘l olgan 87 ta loyiha orasidan 24 ta ekologik loyiha jami 1 milliard 140 million so‘m grant bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Butun O‘zbekistondan “Yashil innovatsiyalar” tanloviga 443 ta eko-startap kelib tushgan bo‘lib, ular orasidan eng istiqbolli 87 ta loyiha final bosqichiga saralandi. Final Zakovat Arena’da o‘tkazilgan “Yashil tashabbuslar” forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotlar davomida loyihalarni rivojlantirish, ularni amaliyotga tatbiq etish va keyingi bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ekspertlardan tavsiyalar olindi.

Forumning ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, finalchilarni tabrikladi. Shuningdek, davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, investorlar va soha ekspertlari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Bu kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yoshlarning yashil tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining amaliy yo‘nalishlaridan biridir.

Rasmlar

Muallif: Gulirano

Ulashish: