Boshqa1 daqiqa o'qish29 marta ko'rilgan
Zomin yoshlaridan ezgu tashabbus
Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida yoshlarimiz faol amaliy ishlarga kirishdi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan oylik doirasida Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Zomin tumani, Dashtobod shaharchasidagi “Hamid Olimjon” mahallasida yashovchi yolg‘iz qariya xonadonida qizg‘in hashar tashkil etildi.
Yoshlarimizning mehr-oqibat va birdamlikka yo‘g‘rilgan bunday ezgu ishlari ularning jamiyatdagi faol o‘rni hamda yuksak fuqarolik mas’uliyatini yana bir bor yorqin namoyon etmoqda.

